Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» klubida katta nizo boshlandi

«Barselona» klubida katta nizo boshlandi

Kataloniyaning «Barselona» klubi rahbariyati orasida janjal boshlandi. Prezident Jozep Bartomeu ayrim vitse-prezidentlarning o‘z lavozimidan ketishini istamoqda. Bu haqda Uff.uz nashri xabar berdi.

Gap shu yilning yanvar oyida kelgan Emile Ruso haqida ketyapti. Aynan mazkur shaxsni 2021 yilgi saylovlarda Bartomeuni o‘rnini egallashi taxmin qilishayotgandi.

Ammo, AS nashrining xabariga ko‘ra, Bartomeu «agar men bilan birga bo‘lmasang menga dushmansan» qabilida ish tutayapti.

Shu munosabat bilan «Barsa»ni boshqa vitse-prezidentlar ham tark etishi kutilmoqda.

«Biz klubning moliyaviy faoliyatini taftish qiladigan komissiyani qabul qilishni rejalashtirgan edik. Ammo aftidan bunga qadar Bartomeu barcha vitse-prezidentlardan qutulmoqchi bo‘lgan shekilli. Tabiiyki u bizni ishdan bo‘shatish uchun aytayotgan sabablar hech qanday asosga ega emas», — deya fikr bildirgan bu haqda Ruso.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring