Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» futbolchilari koronavirus testidan o‘tishadi

«Barselona» futbolchilari koronavirus testidan o‘tishadi

Foto: «90minut.com»

«REGNUM» xabariga ko‘ra, Kataloniyaning «Barselona» klubi futbolchilari 6 may kuni koronavirus testini topshirishadi.

Test natijalari yaxshi chiqsa o‘yinchilar bazada fizioterapevtlar kuzatuvi ostida individual mashg‘ulotlarni boshlaydi.

Ikkinchi bosqichda futbolchilar kichik guruhlarda mashqlarni davom ettiradi. Uchinchi bosqich 14 kishilik guruhlardagi nazariy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.

Albatta, bu ishlar amalga oshishi uchun Ispaniyada koronavirus epidemiyasi ham chekinishi shart. Ana o‘shanda, mashg‘ulotlar boshlanganidan bir oy o‘tib, La Ligani qolgan joyidan davom ettirish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring