Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Barselona» YChL-2019ning birinchi yarim finalchisi! «MYu» yirik hisobda mag‘lub etildi

«Barselona» YChL-2019ning birinchi yarim finalchisi! «MYu» yirik hisobda mag‘lub etildi

Yevropa chempionlar ligasining 1/4 finali javob uchrashuvida «Barselona» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 16-daqiqasida kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messi raqibning bir nechta himoyachisini ortda qoldirib, jarima maydoni tashqarisidan uzoq burchakni aniq nishonga oldi.

Oradan to‘rt daqiqa o‘tib yana o‘sha Messi gol urib, hisobni yiriklashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda Koutino o‘z uslubida uzoq masofadan De Xea darvozasining to‘qqizligini nishonga oldi.

Shu tarzda ishonchli g‘alaba bilan «Barselona» yarim finalga yo‘l oldi.

Barselona (Ispaniya) – Manchester Yunayted (Angliya) 3:0

Gollar: 1:0 – 16 Messi, 2:0 – 20 Messi, 3:0 – 61 Koutino.

Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 71), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 75), Koutino (Dembele, 81), Messi, Suares.

Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Yang, Djons, Lindelef, Lingard (Sanches, 80), Fred, Pogba, Maktomini, Marsyal (Diogu Dalot, 65), Reshford (Lukaku, 73).

Ogohlantirish: Suares (77).

Birinchi uchrashuv – 1:0

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring