Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov raqibini 1-raunddayoq «yer tishlatdi»

Bahodir Jalolov raqibini 1-raunddayoq «yer tishlatdi»

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining o‘ninchi kun bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Kunning so‘nggi jangi eng og‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov ishtirokida kechdi.

AQSh vakili Richard Torres bilan jang olib borgan vakilimiz mutlaq ustunlik namoyish etdi. Birinchi raund o‘tib borayotgan paytda Jalolovning chap qo‘lda yo‘llagan ajoyib zarbasidan keyin amerikalik bokschi uzoq vaqt o‘rnidan tura olmadi va vakilimiz ajoyib g‘alaba bilan yarim finalga yo‘l oldi.

Shu tariqa bugun ringga ko‘tarilgan 5 nafar bokschimizning barchasi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Reglamentga ko‘ra, ertaga dam olish kuni va final uchun kechadigan janglar 20 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

Quyida vakillarimiz yarim finalga yo‘l olgan:

  • -52 kg.: Shahobiddin Zoirov
  • -57 kg.: Miraziz Mirzahalilov
  • -69 kg.: Bobousmon Baturov
  • -81 kg.: Dilshodbek Ro‘zmetov
  • +91 kg.: Bahodir Jalolov
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring