Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov finalda ham tengsiz. O‘zbekiston umumjamoa hisobida Qozog‘istonni ortda qoldirdi

Bahodir Jalolov finalda ham tengsiz. O‘zbekiston umumjamoa hisobida Qozog‘istonni ortda qoldirdi

Iordaniyada yakuniga yettgan boks bo‘yicha litsenzion turnirning eng so‘nggi jangida amaldagi jahon chempioni Bahodir Jalolov (+91 kg) avstraliyalik Yustis Xuniga qarshi ringga ko‘tarildi.

Final jangini ham ishonchli tarzda o‘tkazgan Bahodir raqibini mag‘lub etib, turnirning oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa terma jamoamiz a’zolari ushbu musobaqada qo‘lga kiritgan oltin medallari soni uchtaga yetdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi pog‘onada — Qozog‘iston terma jamoasi.

Bungacha final janglarida Mirazizbek Mirzahalilov mezbon bokschini, Elnur Abduraimov esa qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring