Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon hokimi MMA jangchilariga bittadan «Spark» va yuz million so‘m pul berdi (video)

Andijon hokimi MMA jangchilariga bittadan «Spark» va yuz million so‘m pul berdi (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Bugun, 6-noyabr kuni Andijondagi olimpiya zahiralari maktab-internatida «Besh tashabbus bilan kelajak sari» shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov MMA jangchilarini mukofotladi.

«Vodiy bozor» kanali e’lon qilgan videodan ko‘rish mumkinki, Toshkentda ilk bor tashkil etilgan MMA (aralash jang) bo‘yicha GFC 20 turnirida g‘alaba qozongan andijonlik — Nursulton Ro‘ziboyev, Avliyoxon Hamidov va Axliddin Mirzadavlatovga «Spark» avtomobillari kalitini topshirdi.

Bundan tashqari, viloyat hokimi Nursulton Ro‘ziboyevga sport anjomlari uchun yuz million so‘m naqd pul ko‘rinishidagi sertifikatni ham sovg‘a qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring