Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adurisdan supergol. Messisiz «Barselona» taslim etildi (video)

Adurisdan supergol. Messisiz «Barselona» taslim etildi (video)

Ispaniya chempionatining 1-turida Kataloniyaning «Barselona» klubi «Atletik Bilbao» maydonidan mag‘lub bo‘lib qaytdi.

Messisiz harakatlangan «Barselona» ishonchli o‘yin ko‘rsata olmadi. Jamoa yetakchisi yo‘qligi yetmagandek, hujumchi Suares ham birinchi bo‘limdayoq jarohat olib maydonni tark etdi.

Uchrashuvdagi yagona golga chempionatning eng yoshi katta hujumchisi (38 yosh) Arits Aduris mualliflik qildi.

Shu tariqa Kataloniya klubi so‘nggi o‘n yil yildan buyon ilk marta mavsumni mag‘lubiyat bilan boshladi.

«Atletik Bilbao»—«Barselona» 1:0

Gol: 1:0 — 89 Aduris

«Atletik»: Unai Simon, Nunes, Berchiche, Kapa, De Markos (Sanset, 66), Unai Lopes (Benyat, 81), Raul Garsiya, Muniain, Dani Garsiya, Yeray Alvares, Uilyams (Aduris, 88)

«Barselona»: ter Shtegen, Semedu, Langle, Pike, Serji Roberto (Karles Peres, 76), de Yong, Alenya (Rakitich, 46), Dembele, Alba, Grizmann, Suares (Rafinya, 37)

Ogohlatirishlar: Pike (60), Nunes (65)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring