Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Adrenaline Open Cyber Cup – powered by IT PARK» chempionati: turnir jadvalini kuzatib boring

«Adrenaline Open Cyber Cup – powered by IT PARK» chempionati: turnir jadvalini kuzatib boring

2020-yil 14-aprel roppa-rosa soat 23:59da, CS: GO va FIFA20 bo‘yicha «Adrenaline Open Cyber Cup – powered by IT PARK» kibersport turnirida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi.

«Counter-Strike: Global Offensive» o‘yini bo‘yicha 64 ta kuchli jamoadan 384 nafar ishtirokchi ro‘yxatga olindi.

«FIFA 20» o‘yini bo‘yicha individual o‘yinchilaridan 256 ta ariza qabul qilindi.

Oldinda saralash o‘yinlari, chorak final, yarim final va Grand-final kutib turibdi.

Saralash o‘yinlari 2020-yil 16-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Chorak final va yarim final bosqichi bahslari 2020-yil 17-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

3-o‘rin uchun 2020-yil 18-aprel kuni ikkita o‘yin va ikkita Grand-final bo‘lib o‘tadi.

Turnir jadvali uchun havolalar:

CS:GO: https://clck.ru/MycWm
FIFA20: https://clck.ru/MycQH

Shuningdek, barcha xohlovchilar kibersportchilarimizning ajoyib o‘yinlarini quyidagi havolalar bo‘yicha o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladigan efir orqali tomosha qilishlari mumkin:

Twitch: http://twitch.com/HitMediaru
Youtube: https://cutt.ly/Kt00i1i

Eslatib o‘tamiz, kecha turnir g‘oliblariga ajratilgan sovrinlar haqida xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring