Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Tangriyev sportga qaytdi va g‘alaba qozondi

Abdulla Tangriyev sportga qaytdi va g‘alaba qozondi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Uch kun davomida Termiz shahridagi «Alpomish» sport majmuasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bellashuvlari o‘tkazildi. Afsonaviy kurashchi Abdulla Tangriyev sportga qaytdi va ushbu musobaqada ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning uchinchi kunida reglamentga ko‘ra, erkaklar 100 va +100 kg. vaznda, ayollar esa 78 hamda +78 kg. vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

E’tiborlisi, musobaqaning so‘nggi kunida Abdulla Tangriyev, Soyib Qurbonov, Muhriddin Bo‘tayev singari nomdor polvonlarning ishtiroki musobaqaning shiddatli, murosasiz va qiziqarli o‘tishini ta’minladi.

O‘zbekiston kubogining so‘nggi kunidagi g‘olib va sovrindor bilan tanishing:

Erkaklar:

100 kg.gacha vazn toifasida

1. Baxrom Rajabov (Qashqadaryo)

2. Nodirjon Merxalikov (Toshkent vil.)

3. Shoxruh Mamarasulov (Surxondaryo)

3. Aqlmurod Xudoyberdiyev (Surxondaryo)


100 kg.dan yuqori vazn toifasida

1. Abdulla Tangriyev (Surxondaryo)

2. Husniddin Husanov (Surxondaryo)

3. Muhriddin Bo‘tava (Qashqadaryo)

3. Ixtiyor Xolmurodov (Toshkent vil.)


Ayollar
78 kg. vazn toifasida
1.Mumtoz Boboyeva (Toshkent)
2. Zumrad Xolmo‘minova (Surxondaryo)

+78 kg. vazn toifasida
1. Rinata Ilmatova (Surxondaryo)
2. Jamila To‘raboyeva (Surxondaryo)
3. Bonu Sultonova (Xorazm)

Eslatib o‘tamiz, Abdulla Tangriyev 1981 yilda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. 2011 yilgi dzyudo bo‘yicha o‘tgan jahon chempionatining mutlaq g‘olibi. 2008 yilgi Olimpiada o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Osiyo chempionatlarida besh karra g‘olib bo‘lgan va jahon chempionatlarida uch marta bronza medaliga munosib ko‘rilgan.

2012 yili Londonda bo‘lib o‘tgan Olimpiada oldidan Abdulla Tangriyevning qonidan taqiqlangan modda topilgan va 2 yilga sportdan chetlatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring