Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«So‘nggi marra». 22 yoshli velosportchi bilan baxtsiz hodisa yuz berdi

«So‘nggi marra». 22 yoshli velosportchi bilan baxtsiz hodisa yuz berdi

Foto: «Pixabay»

Italiyalik velosportchi Jovanni Yannelli finish chizig‘iga 100 metr qolganida baxtsizlikka uchradi. Bu haqda «Argumenti.ru» sayti «La Gazetta dello Sport»ga asoslanib xabar berdi.

Marraga yaqin qolganida boshqaruvni yo‘qotgan sportchi velosipeddan yiqiladi va boshi bilan to‘siqqa urilib, hushidan ketadi. Uni darhol shifoxonaga yetkazishdi, ammo shifokorlar hayotini saqlab qolisha olmadi. Jovanni Yannelli 22 yoshda edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sportchining otasi Karlo Yannelli Italiya velosport federatsiyasi Toskana qo‘mitasi vitse-prezidenti lavozimida ishlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring