Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy elchisi bilan Afg‘oniston masalasi muhokama etildi

Xitoy elchisi bilan Afg‘oniston masalasi muhokama etildi

2020 yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Jiang Yan bilan uchrashdi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Xitoyning Afg‘oniston muammosini hal etishdagi sa’y-harakatlari, Afg‘onistonda turli loyihalarni amalga oshirishdagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xitoy tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda siyosiy muzokaralar jarayonini boshlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholar ekan, Xitoyning Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish tarafdori ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Elchi Afg‘onistonni mintaqaviy loyihalarga yanada jalb etish muhimligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston tomoni fikrini to‘liq qo‘llab-quvvatladi, bu esa mamlakatdagi vaziyatni hal etish va uning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga yordam beradi.

Suhbat davomida Elchi Termiz shahridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish bo‘yicha Ta’lim markazida afg‘on agrar mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha uch tomonlama hamkorlikni faol qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning ikkinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Afg‘onistonning tibbiyot sohasi uchun hamshiralar tayyorlash» mavzusidagi kurslar ushbu mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring