Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulug‘bek Inoyatov «maktab solig‘i» joriy etish taklifini berdi

Ulug‘bek Inoyatov «maktab solig‘i» joriy etish taklifini berdi

Bugun, 29 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining XIII qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Qurultoy kun tartibida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish hamda nomzodning dasturi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Qurultoyda nomzod masalasi bo‘yicha muhokamalardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida XDPdan Ulug‘bek Inoyatovni nomzod sifatida ko‘rsatish haqida qaror qabul qilindi.

Yig‘ilishda nomzodning dasturi to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, dasturda 100 ga yaqin taklif va tashabbuslar ilgari surilgan.

Xususan, ijtimoiy davlatchilik poydevori, barqaror jamiyat va farovon turmush asosi sifatida kuchli ijtimoiy siyosat sohasida pensiya tizimini takomillashtirish, «Eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risida»gi, «Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk ob’yektlarini ulush qo‘shgan holda qurishda ishtirok etish to‘g‘risida»gi, «Uy-joy qurilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, maktablar o‘quv dasturlarida chet tillar va IT bo‘yicha o‘quv soatlarini keskin ko‘paytirish, «maktab solig‘i»ni joriy etish, ijara kompensatsiya tizimini doktorantlarga nisbatan ham joriy etish, pensionerlarning hayot darajasini yaxshilash, ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish kabi tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Shuningdek, nomzodning dasturida qimmatbaho mol-mulk uchun soliq joriy etish, internet, ijtimoiy tarmoqlar orqali tijoriy faoliyat, reklama bilan shug‘ullanayotganlar daromadlarini soliqqa tortish kabi tashabbuslar o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring