Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sanjar Mashriqiy

Xudodan so‘rab, bekor yotma! (arman xalq maqoli)

Trampga impichment xavf solmoqda. Bu muammo bilan to‘qnashgan boshqa AQSh prezidentlari

Trampga impichment xavf solmoqda. Bu muammo bilan to‘qnashgan boshqa AQSh prezidentlari

AQSh prezidenti Donald Trampga impichment xavf solmoqda.  Impichment (ayrim mansabdor shaxslarning mansabdan chetlatish va javobgarlikka tortish jarayoni) AQShning sobiq vitse-prezidenti va 2020-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden va uning o‘g‘li Hanterning Ukrainaning 2016-yildagi AQSh saylovlariga aralashganligi to‘g‘risidagi nazariyalarni tasdiqlovchi dalillarni nashr qilgandan keyin boshlandi.

Tekshiruv Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida, AQShning Ukrainaga harbiy yordami Zelenskiy qo‘yilgan talablarga javob bermaguncha to‘xtatilishi kerakligini anglatadi. Keltirilgan dalillar guvohlar tomonidan tasdiqlandi.

AQShning Ukrainadagi elchisi Bill Taylor, Pentagonning Ukraina bo‘yicha AQSh siyosatini nazorat qiluvchi rasmiy vakili Laura Kuper, Oq uyning sobiq rasmiy vakili Fiona Xill va yana Oq uyning qo‘shimcha oltita rasmiysi Janob Trampga nisbatan impichment so‘rovida guvoh sifatida dalillarni tasdiqlashdi.

Xabarlarda Tramp va uning shaxsiy advokati Rudi Gyuliani, AQShning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Gordon Sondland, AQShning NATOdagi elchisi Kurt Volker, shuningdek, Lev Parnas, Igor Fruman va boshqalar Ukraina hukumatiga harbiy yordam harakatlarini amalga oshirish uchun bosim o‘tkazishga qaratilgan kampaniyada qatnashganliklari haqida aytilmoqda.

2020-yilgi prezidentlik kampaniyasiga Tramp o‘zining shaxsiy siyosiy manfaatlarini ilgari surish va prezidentlik vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblandi.

Impichment surishtiruvi qanday boshlandi?

Rasmiy Vashington spikeri Nensi Pelosi 2019-yil 24-sentyabrda impichment bo‘yicha surishtiruvni boshladi.

Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon qo‘ng‘irog‘ining tafsilotlari 2019-yil 25-sentyabrda Kongressga topshirildi va ertasi kuni jamoatchilikka e’lon qilindi.

Oq uy bir nechta da’volarni tasdiqladi, shu jumladan 25-iyulda Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqlarning audio yozuvini oshkor qildi. Tramp Zelenskiydan Bidens masalasini qayta tekshirishni va Ukrainaning 2016-yildagi AQSh saylovlariga aralashganligini tasdiqlovchi dalillarni topshirishni so‘raganligini tasdiqladi.

AQSh siyosiy arboblarining ko‘pchiligi prezidentni korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlikda ayblamoqda.

Demokratlar Trampni tinch qo‘yishmadi

Prezident Trampga impichment uning lavozimga kirishidan oldinroq 2017-yilda Demokratlar partiyasi vakillari Al Grin va Bred Sherman tomonidan boshlangan. 2017-yil dekabrdagi impichment to‘g‘risidagi qaror Oq Uy nazoratchisi bo‘lib turgan hukumron partiya Respublikachilarning 58–364 ovoz bilan qabul qilinmay qolgan edi.

2018-yilgi saylovlardagi muvoffaqiyat Demokratlarning yana «ketmonini uchirdi». Saylovlardan keyin Trampning harakatlari va moliyalari bo‘yicha ko‘plab tekshiruvlarni boshladilar.

Natija esa uzoq kutilmadi. 2019-yil 17-yanvarda Trampning Moskvada «Trump Tower»ni o‘rnatish uchun Rossiya hukumati bilan aloqasi borligi oydinlashib qoldi.

2019-yil 18-aprelda e’lon qilingan Myuller hisoboti impichment to‘g‘risidagi so‘rovni kuchaytirdi. Xullas, Trampga muxolif partiya amaldagi Prezidentga impichment e’lon qilinishiga erisha oldi.

Impichmentda yutqazish Donald Trampga bo‘lgan ishonchni yo‘qqa chiqarishi mumkin, natijada AQShda 2020-yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Demokratlar partiyasining imkoniyati oshib ketadi.
Eslatib o‘tish kerakki, Donald Tramp impichment xavf solayotgan yettinchi AQSh prezidenti hisoblanadi.

Bungacha impichment xavfi bilan to‘qnashgan prezidentlar:

  1. Endryu Jonson, AQShning 17-prezidenti, 1868-yil 17-fevral (o‘z lavozimini saqlab qolgan).
    2. Bill Klinton, AQShning 42-prezidenti, 1998-yil 19-dekabr (o‘z lavozimini saqlab qolgan).
    3. Richard Nikson, AQShning 37-prezidenti, 1974-yil 9-avgust, (ovozga qo‘yilishidan oldin iste’foga chiqdi).
    4. Jon Teylor, AQShning 10-prezidenti, 1843-yil 10-yanvarda (impichmentdan o‘tolmadi).
    5. Jeyms Byukenen, AQShning 15-Prezidenti, 1860-yil 16-iyun 
    6. Kichik Jorj Bush, AQShning 43-prezidenti, 2008-yil 11-iyun (rezolyusiya qo‘mitaga havola qilingan, ammo hech qanday chora ko‘rilmagan)
    7. Donald Tramp, AQShning 45-prezidenti, 2019-yil 24-sentyabr (davom etmoqda)
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring