Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda Toshkentga keldi

Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda Toshkentga keldi

Foto:«Uza.uz»

Tojikiston Respublikasi bosh vaziri Qohir Rasulzoda ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda «O‘zA» xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduhakimov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Toshkentda 1-2-noyabr kunlari o‘tadigan nufuzli anjumanda ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha ShHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring