Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzila Norboyeva Senat faoliyatiga tanqidiy-tahliliy baho berdi

Tanzila Norboyeva Senat faoliyatiga tanqidiy-tahliliy baho berdi

Foto: Xabar.uz

Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Xabar.uz muxbirining ma’lum qilishicha, yalpi majlis avvalida Senat Raisi Tanzila Norboyeva Senat faoliyatiga tanqidiy-tahliliy baho berdi.

Unga ko‘ra, ayrim senatorlar o‘zlari saylangan hudud muammolarini Senat minbariga olib chiqishda deyarli tashabbus ko‘rsatmagan.

Ta’kidlanishicha, parlament palatalari rahbarlari va a’zolari hududlarda bo‘lib, tadbirkorlikni rivojlantirish holatini o‘rgandilar.

Bu boradagi ishlar talab darajasida emasligi ma’lum bo‘ldi. Deyarli barcha hududlarda tadbirkorlar yer ajratish, kredit olish, kommunal tarmoqlarga ulanish va faoliyatni litsenziyalash bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqdalar.

Shundan kelib chiqib, Senat Raisi kelgusida nazorat-tahlil tadbirlarida joylardagi senatorlar faolligini oshirish maqsadida parlament so‘rovi institutidan foydalanishning yangi mexanizmlarni ishlab chiqish kerakligi qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring