Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanzila Norboyeva Dariga Nazarbayeva bilan uchrashdi

Tanzila Norboyeva Dariga Nazarbayeva bilan uchrashdi

Foto: Senat axborot xizmati

Bugun, 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati raisi Dariga Nazarbayeva bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

O‘zaro samarali hamkorlik va ishonch prinsiplari asosida Qozog‘iston hamda O‘zbekiston o‘rtasida rivojlanayotgan do‘stona munosabatlarni tilga olib, Tanzila Norboyeva O‘zbekiston rahbariyati barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor berayotganligini ta’kidlagan.

Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati Raisi Dariga Nazarbayeva o‘z nutqida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘istonning muhim strategik hamkori ekanligini ta’kidlagan.

Uchrashuv doirasida «2019-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Senati o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi»ni imzolash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring