Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sloveniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga kelmoqda

Sloveniya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga kelmoqda

2023 yil 7-9-fevral kunlari Sloveniya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari − tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘ladi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Mazkur tashrif doirasida Sloveniya delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa hukumat tashkilotlarida uchrashuvlar o‘tkazadi hamda O‘zbekiston-Sloveniya biznes-forumida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Sloveniya TIV rahbari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurib, professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring