Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Abdurahmonov: «Oldin ham senator bo‘lganmiz, ammo zimmamizda shuncha vazifa borligini bilmagan ekanmiz»

Shuhrat Abdurahmonov: «Oldin ham senator bo‘lganmiz, ammo zimmamizda shuncha vazifa borligini bilmagan ekanmiz»

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlisning qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma yig‘ilishida Abdulla Aripovning nomzodi bosh vazirlikka tavsiya qilindi. Andijon viloyat hokimi, senator Shuhrat Abdurahmonov nomzodni qo‘llab-quvvatlab chiqish qildi.

«Muhtaram Prezidentimizning nutqidan so‘ng ko‘p narsalarni anglab oldik. Oldin ham senator bo‘lganmiz, ammo zimmamizda shuncha vazifa borligini bilmagan ekanmiz. Balki tushunib yetmagandirmiz, balki anglamagandirmiz. Sizning nutqingizdan so‘ng nimalar qilish kerakligini bilib oldik.

Siz bizni ishlamaslikka qo‘ymaysiz, shu bilan birga xalqimiz ham qo‘ymaydi. Xalq hozir bizdan oldinga o‘tib ketyapti. Aslida biz oldinroqda yurishimiz kerak, ammo xalq o‘tib ketyapti.

Bosh vazirlikka nomzod Abdulla Aripovdan yurtga, xalqqa va Prezidentga sadoqatni o‘rganganman. Uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashni so‘rayman», – dedi Shuhrat Abdurahmonov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring