Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi nihoyasiga yetdi

Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi nihoyasiga yetdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 19-20-fevral kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara o‘tkazdi. Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda mamlakatlarimiz hamkorligiga oid barcha masalalar va ularning yechimlari, istiqboldagi asosiy vazifalar hamda qo‘shma loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi natijalari to‘g‘risida qo‘shma bayonot, shuningdek, iqtisodiyot, savdo, texnologiyalar sohasiga oid hujjatlar imzolandi.

Tashrifning ikkinchi kunida davlatimiz rahbari Turkiyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbarini «Esonbug‘a» aeroportida Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an kuzatib qo‘ydi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring