Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Belarusga tashrifi yakunlandi

President.uz

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarusga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Tashrif yakunida Mirziyoyev Belarus Bosh vaziri Sergey Rumas hamrohligida "Belarus" yuqori texnologiyalar parki faoliyati bilan tanishdi.

Foto: President.uz

O‘zbekiston rahbari mazkur texnopark rezidentlari imkoniyatlarining O‘zbekistonda taqdimotini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Texnologik hamkorlikni mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va tajriba almashish bo‘yicha aloqalarni kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Foto: President.uz

Ushbu park 2005 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qulay muhit yaratish, shu orqali mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. 2014 yilda unga qator imtiyozlar berilib, faoliyat yo‘nalishlari kengaytirilgan.

Bugungi kunda "Belarus" YuTP dasturlash, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun innovatsion yechimlar, konsalting va boshqa yo‘nalishlarda yetakchi markazlardan biriga aylangan. Bu yerda ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarning 90 foizdan ziyodi eksport qilinmoqda, 67 mamlakat kompaniyalari ularning buyurtmachilari hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring