Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari rossiyalik hamkasbini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.

Prezident Vladimir Putin rahbarligida Rossiyaning barqaror taraqqiyoti ta’minlanayotgani, aholi farovonligi muttasil oshib, mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi mustahkamlanayotgani ta’kidlandi.

Tomonlar O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani, bugungi kunda ular sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyiganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish, investitsiya, fan-texnika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhim ekaniga e’tibor qaratdilar.

Prezidentlar samarali parlamentlararo, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklikni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring