Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva Yaponiya imperatori mehmoni bo‘lishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva Yaponiya imperatori mehmoni bo‘lishdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Tokio shahrida Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashdi. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Imperator oliy martabali mehmonni samimiy qutlar ekan, ushbu tashrif O‘zbekiston-Yaponiya do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim voqea bo‘lgani, ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqanini qayd etdi.

Davlatimiz rahbari imperator Naruxitoga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, "Reyva" deb nomlangan yangi davrda Yaponiya uyg‘un rivojlanishda davom etishi, mamlakat nufuzi va aholi farovonligi yanada oshishini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva tashrifi sharafiga Yaponiya imperatori Naruxito va uning rafiqasi Masako xonim tomonidan qabul marosimi o‘tkazildi. Shuningdek, ular birgalikda suratga tushdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring