Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi, lekin sanasi aniq emas. 16-avgust kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ashxobod shahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashuvda shu haqda gaplashgan.

Uchrashuvda tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston prezidentining Turkmanistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilgan.

Maslahatlashuvlar yakuniga ko‘ra vazirlar O‘zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturini imzolagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring