Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev shifokorning uyida mehmon bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev shifokorning uyida mehmon bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi «Sharq tongi» mahallasida bo‘ldi. U yerda qariyb 3 ming aholi istiqomat qiladi. Oilalar, asosan, tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi.

Davlatimiz rahbari shu mahallada yashovchi Abdunabi Abdunasimov xonadoniga kirib, yashash sharoitlari, fikrlari bilan qiziqdi.

Abdunabi ota sog‘liqni saqlash sohasida ishlab, nafaqaga chiqqan. Turmush o‘rtog‘i Gulchehra aya bilan besh farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ayni paytda farzandlari, nabira va evaralari e’zozida yashamoqda.

Mehnat faxriylari oila hayoti, kechagi va bugungi kunlar farqi haqida so‘zlab berdi.

— Ilgari davlat, jamiyat, inson degan tamoyil bor edi. Biz endi inson, jamiyat, davlat deyapmiz. Inson qadrini birinchi o‘ringa qo‘yayapmiz. Hamma ijro organlari, iqtisodiy kompleks quyi tizimga tushib, odamlarga ko‘makchi bo‘ladi. Shu bilan birga, insonning o‘zi ham harakat qilishi, sharoitlardan unumli foydalanishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xonadondan chiqqanda nuroniylar, mahalla faollari bilan samimiy suhbat bo‘ldi. Ular mamlakatimizdagi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi o‘zgarishlar har bir shahar va tumanda sezilayotgani haqida gapirdi.

— Oxirgi yillardagi harakatlarimiz tufayli hokimliklarda mahalliy budjet paydo bo‘ldi. Bu yo‘q edi, — dedi Prezident. — Endi mahallalarda budjet tashkil qilishni rejalashtirganmiz. Tasavvur qilinglar, o‘zining puli bo‘lsa, mahalla qanday o‘zgaradi — yo‘lini to‘g‘rilaydi, suv olib keladi, shoxobcha ochadi. Kelgusida mahallaga pul ham kiradi, talab ham boshqacha bo‘ladi.

Nuroniylar yurtimizga tinchlik, xalqimizga to‘qlik-farovonlik tilab duo qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring