Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

31-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentimiz mehmonni samimiy qutlar ekan, ikki davlat rahbarlarining muntazam va samarali muloqoti tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal sur’at bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nikolay Patrushev, o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun sidqidildan minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikka oid, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish istiqbollari muhokama qilindi.

Xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik qilish, harbiy va harbiy-texnik sohalarda amaliy sheriklikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring