Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 mart kuni Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari qadimdan mintaqamizda keng nishonlanib kelayotgan, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, tarix, madaniyat va an’analar mushtarakligini ifoda etuvchi bahor va yangilanish bayrami — Navro‘z munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdilar.

O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi rahbarlari koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq joriy epidemiologik vaziyatni muhokama qildilar.

Ushbu pandemiyaga qarshi samarali kurashish, shuningdek, uning oqibatlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish va o‘zaro ko‘makni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Prezidentlar, shuningdek, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirishga doir hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring