Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev o‘yinchoqlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev o‘yinchoqlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Olmazor tumanida bo‘lganida Toshkent o‘yinchoqlari fabrikasi negizida yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Davlat rahbari ushbu fabrikaga tashrif buyurib, bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: «President.uz»

Bu yerda «NBU Investment» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashabbuskor-investorlar bilan birgalikda 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. «Toys City», «O‘yinchoqlar Fabrikasi», «Funny Kids World», «National Products» va «United Nation company» kabi mazkur korxonalarda bolalar uchun kiyim-kechaklar, turli buyumlar va o‘yinchoqlar ishlab chiqariladi. Ularda jami 920 dan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Bugungi kunda «Toys City» korxonasi ishga tushirilgan bo‘lib, 70 ga yaqin mahsulot tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.

Shavkat Mirziyoyev mazkur korxonada o‘yinchoqlar ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring