Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoni g‘alaba bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Lukashenkoni g‘alaba bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni Belarus Respublikasi Prezidenti saylovida erishgan g‘alabasi bilan qutladi.

«Davlatimiz rahbari o‘z maktubida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari Belarus xalqining Aleksandr Lukashenkoga bo‘lgan ulkan ishonchini va birdamligini, aholi turmush darajasi va sifatini oshirish, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan samarali islohotlar davom ettirilishini to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganini yana bir bor namoyon etganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish ikki tomonlama munosabatlarni aniq mazmun – iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya bo‘yicha muhim loyihalar va gumanitar almashinuvga oid dasturlar bilan boyitishiga ishonch bildirdi»- deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 9-avgust kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda Lukashenko qariyb 80 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring