Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «KPSS vaqtida hammasi rasmiyatchilik edi, endi u kunlarni unutish kerak»

Shavkat Mirziyoyev: «KPSS vaqtida hammasi rasmiyatchilik edi, endi u kunlarni unutish kerak»

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma yig‘ilishidagi nutqi davomida rasmiyatchiliklardan xalos bo‘lish kerakligi haqida gapirib o‘tdi.

– Deputatlar obro‘li bo‘lsa, ijro hokimiyatini nazorat qila oladi. Ming afsus bunaqa tizim O‘zbekistonda yo‘q.

Xalq uchun ko‘p ishlarni amalga oshirdik, yo‘l qurdik, suv olib bordik, uylarni ta’mirladik. Ammo endi bu ishlar bilan xalqni hayron qoldira olmaymiz. Biz har kuni yangilik qilishimiz kerak.

Agar xalqning farovonligi oshsa, dori-darmon, go‘sht, oziq-ovqat arzon bo‘lsa, shundagina xalqimiz hayoti yaxshi tomonga o‘zgara boshlaydi. Bu shunchaki balandparvoz gap emas, amalga oshirsa bo‘ladigan ish. Faqat buning uchun ishlash kerak. Rasmiyatchilik bilan ish bitmaydi.

KPSS vaqtida tonggi soat 5gacha paxta shtabi bo‘lardi, ertalab yana ishga chiqish kerak edi. Hammasi rasmiyatchilikka aylangandi. Paxta punktlarida uxlash odat bo‘lib qolgandi.

Endi u kunlarni unutish kerak, hech qachon O‘zbekistonga qaytib kelmasin. Xudo ko‘rsatmasin! – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring