Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga jo‘nab ketdi

Foto:Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Federal kansler Angela Merkelning taklifiga binoan 2019-yil 20-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlatimiz rahbarining hamma sa’y-harakatlari, barcha safarlaridan maqsad bitta – xalqimiz manfaatini ta’minlash. Iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan ham katta maqsadlar ko‘zlangan.

Uchrashuv va muzokarlar natijasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, ta’lim va madaniyat sohalarida muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Foto:Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring