Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Cportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas»

Shavkat Mirziyoyev: «Cportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas»

Prezident raisligida sportni ommalashtirish, sport ta’limini yaxshilash va iqtidorli sportchilarni tayyorlash bo‘yicha yig‘ilish boshlangan.

«Lekin sportdagi natijalar yaratilgan sharoitlarga hali mos emas», degan davlat rahbari.

Aytilishicha, so‘nggi besh yilda sportni rivojlantirishga qariyb 4 trillion so‘m yo‘naltirilib, 118 ta yangi yirik sport ob’yektlari foydalanishga topshirilgan va 110 ta ob’yekt rekonstruksiya qilingan.

Joriy yilda sport sohasiga 2 trillion 300 milliard so‘m (2017 yildan 5 baravarga ko‘p), shundan sport ta’lim muassasalari uchun 1 trillion 200 milliard so‘m ajratilgan.

Ilk bor barcha mahallalardagi yoshlar yetakchilari, maktablarning jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport maktablari trenerlari ishtirokida yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha yangi besh bosqichli musobaqalarga start berilgan. Aprel-may oylarida musobaqalar bilan 3 milliondan ziyod yoshlar qamrab olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring