Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Chili prezidentini tabrikladi. Bu qanday bayram?

Shavkat Mirziyoyev Chili prezidentini tabrikladi. Bu qanday bayram?

Foto: Google.com

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chili Respublikasi Prezidenti Sebastyan Pinera Echenikeni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Tarixchi Xose de Akosta tomonidan ma’lum qilinishicha, «Chile» atamasi qadimgi xindu xalqlaridan bo‘lgan kechua tilida «sovuq» yoki «oxirgi» degan ma’noni bildirgan. Yana bir tahminlarga ko‘ra Chili hududidagi asosiy vodiylardan biri shunday atalgan va keyinchalik davlat nomiga ko‘chgan.

Chili XIX asr boshiga qadar Ispaniya hukmronligi ostida bo‘lgan. Bernardo OXiggins va Manuel Rodriges boshchiligida mustaqillikka erishgan.

Chilida 18 sentyabr milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring