Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Belgiya qirolini tabrikladi. Bugun qanday bayram o‘zi?

Shavkat Mirziyoyev Belgiya qirolini tabrikladi. Bugun qanday bayram o‘zi?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-iyul kuni Belgiyaliklar Qiroli Filippni milliy bayram – Qirol qasamyodi kuni bilan tabrikladi.

Belgiyada bu eng asosiy bayramlardan biri hisoblanadi va 1890-yildan beri har yili 21-iyulda nishonlanadi.

1831-yilning shu sanasida qirollik oilasi saylovida taxtga Leopold I o‘tirgan. Yangi qirol Leopold I Belgiya parlamenti oldida mamlakat konstitutsiyasi ishonchi uchun qasamyod qilgan.

1830-yil noyabrda milliy kongressga saylovlar bo‘lib o‘tgan. Kongress harakatlari evaziga Belgiya mustaqillik deklaratsiyasi va konstitutsiyasi qabul qilingan. 1831 yil fevralda esa Belgiya ikki palatali parlamentga ega konstitutsion monarxiya ekanini e’lon qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring