Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Bangladesh prezidenti bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Bangladesh prezidenti bilan uchrashdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni tongda Dushanbe shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamidni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Savdo, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi, turizm va gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hukumatlararo va idoralararo darajadagi aloqalarni faollashtirish va qo‘shma tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Bangladesh Prezidenti Abdul Hamid Dushanbedagi OHIChK sammitidan so‘ng O‘zbekiston madaniy-tarixiy markazlari bilan tanishish uchun mamlakatimizga tashrif tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring