Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenges Raisi saylandi va Vazirlar Kengashi Raisi tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenges Raisi saylandi va Vazirlar Kengashi Raisi tayinlandi

2020 yil 13 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining saylovdan keyingi birinchi sessiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan Yerniyazov Musa Tajetdinovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi etib saylandi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Sariyev Kaxraman Ramatullayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi lavozimiga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring