Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jiddiy ayblovga yo‘liqqan Qodirov kutilmagan taklifni aytdi

Jiddiy ayblovga yo‘liqqan Qodirov kutilmagan taklifni aytdi

Avvalroq «Adolat» partiyasi «Milliy tiklanish» yetakchisi Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda ayblab chiqqan edi.

Alisher Qodirov bu ayblovlarga saylovoldi dasturlaridagi o‘xshash jihatlarni «imkoniyat» deb atab, kutilmaganda «Adolat» partiyasi bilan prezidentlik saylovlarida har ikki partiyadan yagona nomzod ko‘rsatish masalasini muhokama qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida yozdi.

«Mustaqil Sud hokimiyatini yaratish, Tergov qo‘mitasini tashkil qilish va Jazoni ijro etish muassasalarini Adliya vazirligiga o‘tkazishdek muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun avvalambor saylovchilar ishonchiga erishish kerak», — deydi Alisher Qodirov.

«Ko‘rinib turibdiki, bu mavzularga qarashlarda adolatchilar bilan o‘xshashliklar bor. Buni hech yomon tomoni yo‘q, — ta’kidlaydi u. — Bu mavzular «Milliy tiklanish»ning o‘tgan parlament saylovlaridagi dasturida ham bo‘lgani uni ko‘chirib olinganligi haqidagi gaplarning noto‘g‘ri ekanligini tushunish uchun yetarli. Qolaversa, biz ustuvor vazifa sifatida belgilagan tarbiya va ta’lim sohasidagi takliflarimiz «Adolat» nomzodining dasturida takrorlanganini ko‘chirish emas, hamfikrlik deb qabul qilamiz.

«Men bu hamfikrlikni imkoniyat sifatida baholayman. Agar, «Adolat» nomzodi ushbu tashabbuslarning amalga oshishidan manfaatdor bo‘lsa, Prezidentlik saylovida partiyalarimizning bitta nomzod ko‘rsatishi masalasini muhokama qilishga tayyorman. Xalqimiz bizdan g‘oyalarning muallifini aniqlash emas, O‘zbekistonni o‘zgartirishni talab qilmoqda», — deya o‘z fikrini yakunlagan Qodirov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring