Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qatar Amiri bilan uchrashuv

Qatar Amiri bilan uchrashuv

Foto: «Uza.uz»

Doha shahriga amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan qabul qilindi.

Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga yo‘llagan maktubini yetkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston — Qatar munosabatining hozirgi holati va rivojlanish istiqboli muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sheriklikning dolzarb jihatlari to‘g‘risida fikr almashildi.

O‘zbekiston va Qatar ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim salohiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Tomonlar o‘zaro siyosiy muloqotni faollashtirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda aloqani sezilarli darajada mustahkamlash zarurligini  e’tirof etdilar.

Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha afg‘onlararo inklyuziv muzokaralarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Qatar tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatini yuqori baholadi.

Muzokarada ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring