Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deputat Prezidentga mukofot berishni taklif etdi

Deputat Prezidentga mukofot berishni taklif etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga murojaat qildi. Davlat rahbari murojaatdan so‘ng deputatlardan mavjud muammolar bo‘yicha amaliy taklif berishlarini so‘radi.

Deputat Pak Viktor Nikolayevich qilgan chiqishi davomida Prezidentga yangi mukofot berishni taklif etdi. Pak Viktorning ta’kidlashicha, ushbu taklif saylovchilar tashabbusi bilan berildi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu taklifni rad etdi.

— Menga xalqimiz eng yuksak mukofotni allaqachon berib bo‘lgan. Xalqning ishonchidan yuksakroq mukofot bo‘lmaydi. Shuning o‘zi yetadi menga, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring