Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident yangi insulin zavodi bilan tanishdi (foto)

Prezident yangi insulin zavodi bilan tanishdi (foto)

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, import qilinayotgan dori vositalarini mahalliylashtirish bo‘yicha bir necha bor videoselektor yig‘ilishlari o‘tkazdi. Ularda berilgan topshiriqlar bo‘yicha joylarda farmatsevtika korxonalari ishga tushirilmoqda.

Andijon tumani Xortum qishlog‘idagi «Zamin Bio Health» mas’uliyati cheklangan jamiyati shulardan biri. Mazkur zavod yiliga 10 million flakon insulin ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Foto: «President.uz»

Qandli diabet kasalligini davolashda qo‘llaniladigan bu dori vositasi yurtimizga chetdan keltiriladi. Zavodning ishga tushirilishi bilan ushbu dori vositasi importi hajmi kamayadi, valyuta tejaladi. Eng muhimi, mazkur dorining narxi pasayadi.

Masalan, hozirgi paytda bir flakon insulinning bozor narxi 36 ming so‘m bo‘lsa, mazkur korxona bu dorini 20 ming so‘mdan yetkazib berishi mumkin.

Foto: «President.uz»

— Bu juda dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega masala, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Insulinga ehtiyoji bor bemor dori topolmasa, hayoti xavf ostida qoladi, hech qachon rozi bo‘lmaydi. Bunday dorilarning narxini pasaytirish, hamma joyga vaqtida yetkazib turish kerak. Odamlar shuni sezsin.

Prezident mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozorga kirib, raqobatbardosh bo‘lguncha ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, dori substansiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘maklashish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Foto: «President.uz»
Foto: «President.uz»

 

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring