Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Suma Chakrabartini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Prezident Suma Chakrabartini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Suma Chakrabarti.

Suma Chakrabartini O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan xizmatlari, shuningdek, respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturlarining samaradorligini ta’minlashga, sanoat va infratuzilma tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ustuvor investitsiyaviy loyihalarga qo‘shayotgan shaxsiy hissasi va ko‘magi, mamlakatda qulay sarmoyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish jarayonlarini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Suma Chakrabarti O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin, deyiladi Farmonda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring