Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident ayol deputatlarga murojaat qildi: «Mikrofoningizni o‘chirib qo‘yishsa, mikrofonsiz gapirishni o‘rganing»

Prezident ayol deputatlarga murojaat qildi: «Mikrofoningizni o‘chirib qo‘yishsa, mikrofonsiz gapirishni o‘rganing»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlariga murojaat qildi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.

Murojaat davomida Shavkat Mirziyoyev ayol deputatlarning o‘rniga alohida urg‘u berdi.

«Men bu yerda o‘tirgan har bir deputatning savoliga javob berishga tayyorman. Ularning birortasi ham «Men o‘z tumanimda Prezident bilan ko‘rishmaganman», deya olmaydi. Chunki barcha bilan ko‘rishganman, taniyman.

Meni xursand qiladigan tomoni yangi saylovlar natijasida 48 nafar ayol Qonunchilik palatasiga saylandi. Bundan behad xursandman. Chunki ular chekka tuman va qishloqlardagi muammolarni juda yaxshi biladi, o‘z tanasida his qiladi va hal qilish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshiradi.

Men ayol deputatlarimizga ishonaman va ularga murojaat qilmoqchiman: hech qachon muammolarni ko‘tarib chiqishdan qo‘rqmang. Agar mikrofoningizni o‘chirib qo‘yishsa, mikrofonsiz gapirishni o‘rganing», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring