Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbeksholichilik» uyushmasi va sholichilik klasterlari tashkil etiladi

«O‘zbeksholichilik» uyushmasi va sholichilik klasterlari tashkil etiladi

Foto: new.uzagrokimyohimoya.uz

«Huquqiy axborot» kanali tomonidan xabar qilinishicha, «Sholichilikni barqaror rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Hukumat qarori (986-son, 12.12.2019 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq, 2020 yil hosilidan boshlab sholichilik klasterlari tashkil etiladi.

Bunda, klasterlar birinchi navbatda, iqtisodiy jihatdan barqaror, zarur infratuzilma ob’yektlari, mol-mulk va boshqa vositalarga ega bo‘lgan mahalliy investorlar tomonidan tashkil etiladi.

Klasterlar sholi yetishtirish yoki uni shartnoma asosida sotib olish, saralash, saqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulotni ichki va tashqi bozorga yetkazib berishni ta’minlaydi. Sholichilik klasterlariga belgilangan tartibda 30 yildan 50 yilgacha muddatga yer ajratiladi.

Klasterlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga Prezidentning 2019 yil 17 iyundagi Farmonida, 22 avgustdagi va 4 apreldagi qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.

Qaror bilan «O‘zbeksholichilik» uyushmasi tashkil etildi va uyushmaning asosiy vazifalari belgilandi.

Jumladan, uyushma respublikada sholi yetishtirish hajmini ko‘paytirish choralarini ko‘radi, mahsulotni sotish bozorini kengaytirish maqsadida marketing tadqiqotlari olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring