Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda hozirgi zamon harbiy mojarolari mavzusida konferensiya o‘tkaziladi

O‘zbekistonda hozirgi zamon harbiy mojarolari mavzusida  konferensiya o‘tkaziladi

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

15–16-oktyabr kunlari O‘zbekiston Kurolli Kuchlari akademiyasida «Hozirgi zamon harbiy mojarolari: mazmuni va xulosalari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi. 

Kurolli Kuchlari akademiyasi hamda Toshkent shahridagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti loyihalarining Koordinatori ko‘magida tashkil etilayotgan konferensiyada harbiy mojarolarni hal qilishning zamonaviy usullari va yondashuvlari buyicha milliy va xalqaro tajribalarni umumlashtirish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda harbiy kadrlarni tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Mazkur konferensiya harbiy mojarolarning paydo bo‘lish tabiati, ularni bartaraf qilishning samarali choralari, cheklash va eskolatsiyaga yo‘l qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha tajriba va axborot almashish uchun keng diskussiya maydonini yaratish, hozirgi zamon harbiy mojarolarida, harbiy san’at rivojlanishidagi yangi tendensiyalarga yagona qarashlar va yondashuvlarni yaratish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Konferensiyada O‘zbekistondagi YeXHT, BMT vakillari va ekspertlari, YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasining mintaqaviy delegatsiyasi, MDH, ShHT MATT, NATO, Djordj Marshall nomidagi Xavfsizlik masalalarini o‘rganish Yevropa markazi, AQSh Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo Strategik tadqiqotlar markazi, Ozarbayjon, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg‘iziston oliy harbiy ta’lim muassasalari vakillari qatnashadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring