Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Rossiya Bosh vazirlari telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston va Rossiya Bosh vazirlari telefon orqali muloqot qildilar

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 20-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati xabar berdi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik doirasidagi qator masalalar muhokama qilindi. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Shuningdek, o‘tkazilishi ko‘zda tutilayotgan hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning ikkinchi majlisiga tayyorgarlikning borishi holati ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat Bosh vazirlari boshchiligidagi hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi majlisi Xorazm viloyatida 2019-yil may oyida o‘tkazilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring