Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Eron xavfsizlik kengashlari ilk bora hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Eron xavfsizlik kengashlari ilk bora hamkorlik qiladi

Bugun Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ommaviy axborot vositalari uchun brifing o‘tkazdi. Tadbir davomida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlik masalalari borasida bir qator ma’lumotlar berildi. Eslatib o‘tamiz, 5 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarifni qabul qilgan edi.

«Eron – bizning an’anaviy sherigimiz, katta iqtisodiy va intellektual salohiyatga ega davlat. Keyingi yillarda ikki tomonlama aloqalar faollashdi. 2019 yildan Eron uchun soddalashtirilgan viza tizimi joriy qilindi.

Uchrashuvda 2020 yilda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo 250 million dollarni tashkil etgani, qo‘shma korxonalar soni 3 barobar ortgani, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika kabi sohalarda umumiy qiymati 61 million dollarlik qator yangi investitsiya loyihalari amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Xavfsizlik va terrorizmga qarshi kurashish maslalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Darvoqe, xavfsizlik kengashlari o‘rtasida ilk maslahatlashuv mexanizmi o‘rnatildi», — dedi Sherzod Asadov.

Brifing davomida ma’lum qilinishicha, Javad Zarif 15-16 iyul kunlari Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etishini tasdiqlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring