Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston turkiy kengashga qo‘shiladigan bo‘ldi

O‘zbekiston turkiy kengashga qo‘shiladigan bo‘ldi

O‘zbekiston turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (turkiy kengash) a’zosi bo‘lish uchun ariza topshirgan. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li ma’lum qilgan.

— O‘zbekiston turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga qo‘shilishga qaror qildi. O‘zbek tomoni yuborgan rasmiy hujjat turkiy kengash kotibiyatiga kelib tushgan, — degan Chovusho‘g‘li.

Vazirning aytishicha, a’zolik hujjatlari Toshkentga berib yuborilgan. Tez orada rasmiy jarayonlar o‘z yakuniga yetadi.

Shuningdek, uning aytishicha, turkiy kengashga a’zo davlatlar soni ortib bormoqda. Turkmaniston ham qo‘shilish niyatini bildirgan.

Turkiy kengashga hozircha Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo hisoblanadi. Kengashning navbatdagi sammiti 16-oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring