Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Ashraf G‘ani va Abdulloh Abdulloh o‘rtasidagi kelishuvni qo‘llashini bildirdi

O‘zbekiston Ashraf G‘ani va Abdulloh Abdulloh o‘rtasidagi kelishuvni qo‘llashini bildirdi

Foto:«AFP»

17-may kuni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani va uning bosh siyosiy raqibi, sobiq bosh vazir doktor Abdulloh Abdulloh o‘rtasida siyosiy kelishuv imzolangandi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi mazkur siyosiy voqea yuzasidan bayonot e’lon qildi.

«O‘zbekiston Afg‘onistonning siyosiy yetakchilari tomonidan inklyuziv hukumat va Milliy yarashuv bo‘yicha Oliy kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilganini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Afg‘oniston xalqi bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashda, afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda hamda tinch va farovon Afg‘onistonni barpo etish uchun har jihatdan yordam berishda davom etadi» deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar Ashraf G‘ani va Abdulloh Abdulloh o‘rtasida prezidentlik uchun keskin kurash borayotgan, mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik vujudga kelgandi. Ular ikkalalari ham o‘zlarini Afg‘oniston prezidenti deb e’lon qilgandilar. 

Ushbu kelishuv muammoni hal etishiga umid qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring