Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi ziddiyat bo‘yicha O‘zbekiston o‘z rasmiy munosabatini bildirdi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi ziddiyat bo‘yicha O‘zbekiston o‘z rasmiy munosabatini bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasi munosabatlaridagi keskinlikning oshishi O‘zbekiston Respublikasida jiddiy tashvish uyg‘otayotganligi yuzasidan bayonot berdi.

«O‘zaro qarama-qarshilik chog‘ida harbiy kuchning ishlatilishi ikki tomondan ham ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

O‘zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida raislik qilayotgan davlat sifatida MDH hududida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, bahsli masalalarni xalqaro huquq normalariga qat’iy mos ravishda tinch yo‘l bilan hal qilinishining muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ozarbayjon Respublikasi va Armaniston Respublikasini harbiy harakatlarni tezda to‘xtatishga hamda mojaroni suverenitet va hududiy yaxlitlik tamoyillariga rioya qilgan holda tinch yo‘l bilan bartaraf etish maqsadida diplomatik muzokaralarni boshlashga chaqiramiz», — deyiladi O‘zbekiston bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring