Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xushnudbek Xudoyberdiyev

Faqat haqiqatni, barcha haqiqatni, haqiqatdan o‘zga hech narsani…

Ovoz sanash vaqtida chiroq o‘chishiga tayyor turing!

Ovoz sanash vaqtida chiroq o‘chishiga tayyor turing!

Foto: Sherzod Ikramutdinov

Avvalgi saylovlarda eng keng tarqalgan usullardan biri — ovozlarni sanash jarayonida tuman hokimining buyrug‘i bilan saylov uchastkasida chiroqni o‘chirishadi. Qorong‘ulikda esa, oldindan tayyorlangan pachka-pachka saylov byulletenlari aralashtiriladi.

Olingan xabarlarga ko‘ra, joriy yilda ham shunday usuldan foydalanishga harakat qilib ko‘rishmoqchi ekan.

Hurmatli vakillar va kuzatuvchilar!

Telefoningizning fonarini tayyorlab turing, mabodo to‘satdan chiroq o‘chib qolsa, telefon bilan yoritib, byulletenlarni aralashtirishlariga yo‘l qo‘ymang!

Toki chiroq yongungacha, saylov komissiyasining barcha a’zolaridan byulletenlardan uzoqlashishni talab qiling. Qattiq-qattiq talab qilavering, ulardan qo‘rqadigan joyingiz yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring