Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ochilboy Ramatov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

Ochilboy Ramatov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi tarkibdagi Hukumat a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash masalalari muhokama qilinmoqda, deya yozdi O‘zA.

Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida Ochilboy Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Yig‘ilishda O.Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi haqida to‘xtalib o‘tdi.

– Asosiy e’tiborimizni hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratamiz. «Obod qishloq», «Obod mahalla» dasturlari doirasida 264 ta qishloq va 80 ta mahallada obodonlashtirish ishlari olib boriladi. Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida 338 trillion so‘mlik 10 ming 605 loyiha amalga oshiriladi. Deyarli barcha shahar markazlarida sitilar barpo etiladi. Samarqanddagi eshkak eshish kanali hududida turistik markaz qurilishi davom etmoqda. 2020-2025-yillarda respublika bo‘yicha 280 ta ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar qurish va rekonstruksiya qilish belgilangan. Shu bilan birga bizda kanalizatsiya tizimida katta muammolar bor. Bu muammolarni lokal kanalizatsiya tizimini joriy etish yo‘li bilan bosqichma-bosqich hal qilamiz. Aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatish maqsadida 2 ta Boeing 747 va Aerobus samolyotlari olib kelinadi. «Humo Air» aviakompaniyasini ochish rejalashtirilgan, – dedi O.Ramatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring